KORNEYCHUK Aleksandr Yevdokimovich [1905.12 (25). 5, Xristinovka stansiyasi (hoz. Cherkassi viloyati) — 1972.14.5, Kiyev] — ukrain dramaturgi va davlat arbobi. Ukraina FA (1939), SSSR FA (1943) akad. «Eskadraning haloqati» (1933), «Haqiqat» (1937), «Platon Krechet» (1934), «Bogdan Xmelniskiy» (1939) pyesalari ukrain dramaturgiyasida muhim urin tutadi. «Ukraina chullarida» (1941), «Front» (1942), «Makar Dubrava» (1948), «Bodrezakzor» (1950), «Mening doʻstlarim» (1970) va b. pyesalarida 2-jahon urushi va undan keyingi yillardagi xalqlar hayoti va mexnati tasvirlangan. «Platon Krechet», «Eskadra haloqati», «Front» va b. asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan, baʼzilari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые