QIYOT

QIYOT — qadimiy turkiy qabilalardan biri; oʻgʻuzlar tarkibiga kirgan. 8—10-asrlarda Dashti Qipchoqda yashab koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Oʻgʻuzlar davlati yemirilgach, 11-asrda Qiyotlar ham boʻlinib ketgan. Ularning katta qismi Turkmaniston hududiga siljib mahalliy aholiga, boshqa qismi esa Bolqon ya. o. dagi xalqlar tarkibiga singib ketgan. Dashti Qipchoq choʻllarida qolgan qozoq, qoraqalpoq xalqlarining tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Qoraqalpoqlar tarkibidagi Qlar 3 ga boʻlingan: uch tamgʻali, tarokli, bolgʻali. Qashqadaryoning yuqori oqimi, Xorazm va Buxoro vohalari, shuningdek, Zarafshonning oʻrta oqimida Qiyotlar 19-asr oxirlarida qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan. Qiyot 20 a. ning boshlarida, asosan, oʻtroqlashib, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x