DEVONOV Sanʼat Solihovich

DEVONOV Sanʼat Solihovich (1932.9.5, Xonqa tumani) — aktyor va rej. Oʻzbekistan xalq artisti (1976). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1973). Xorazm teatrida aktyor, rej. (1946—84), direktor (1963—67). 1984—86 y. lar kinoaktyor studiyasining, 1986—87 y. lar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrining va 1987—93 y. lar Hamza teatrining direktori. Harakat bilan nutqning rangbarang, musiqiy va maʼnodorligi, chuqur iztiroblar orqali qahramonning ichki dunyosini ocha bilish, chin muhabbat, insonparvarlik ifodalari Devonov ijodiga xos. Devonov teatrda 150 dan ortiq rol oʻynagan. Eng yaxshi rollari: AskarArshin mol olon»), Tohir («Tohir va Zuhra»), Navoiy («Navoiy Astrobodda»), Hamlet («Xamlet»), BeruniyAbu Rayqon Beruniy»), Ibn SinoIbn Sino»), Farib («Oshiq Gʻarib») va b. «Oʻliklar kechirmaydi» (Oʻ. Umarbekov), «Onalar» (P. Tlegenov), «Layli va Majnun» (Xurshid) kabilar D. Sahnalashtirgan muvaffaqiyatli spektakllaridan. Kinodagi asosiy rollari: Yoʻlchi («Qutlugʻ qon»), Sharif («Maftuningman»), Juma («Qizilqum»), Abdugʻaniboy («Yulduzlar jamoli»), Rizayev («Uzoq-yaqin yillar»), Karvonboshi («Sevgi haqida afsona»), Amir Nasrullo («Choʻloq darvish») va b., shuningdek, telefilmlarda («Shashmaqom»da xon, «Jaloliddin Manguberdi»da Muhammad shoh, «Xorazm afsonasi»da Ali, «Diyonat»da Boʻriboyev, «Ilondan qoʻrqmang»da Toshmatov va b.) ham rollar ijro etgan. «Mehnat shuhrati» ordeni b-n taqdirlangan (2001).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x