ANGʻIRT

ANGʻIRT, sariq gʻoz, atayka (Casarca ferruginea) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaklar oilasiga mansub parranda. Patlari ochiq sargʻish, boshi oqish. Yevropa va Osiyoning choʻl, dasht va togʻli hududlarida tarqalgan. Qishlash uchun Afrikaning shim. va Osiyoning jan. tomonlariga uchib ketadi; Oʻzbekistonda ham uchraydi, bir qismi shu yerda qishlaydi. Togʻ, choʻl va dasht zonalaridagi chuchuk suvli va shoʻr koʻllarda yashaydi. Inini tulki, qorsoq, boʻrsiq kabi hayvonlarning tashlab ketgan uyasiga va toshlar orasiga quradi, 8—12 tacha tuxum qoʻyadi. Erkagi uyaning atrofidan uzoqqa ketmasdan, urgʻochisini qoʻriqlab yuradi va tuxumdan chiqqan joʻjalarini boqishga koʻmaklashadi. Angʻirt har xil mayda jonivorlar va oʻsimliklar bilan ovqatlanadi. Angʻirt ov qilinadi. Goʻshti yozda (faqat jonivorlar b-n ovqatlanganda) bemaza va qoʻlansa, kuzda (oʻsimliklar bilan ovqatlanganda) mazali boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x