DARVESh ALI (15-a.) — shoir, xattot, tabib. Fors tilida ijod qilgan. Muammo, qasida va ruboiylar yozgan. Sheʼrlar devoni hali topilmagan. Navoiy «Majolis un-nafois»da Darvesh Ali haqida «…tabobatqa mashgʻuldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning tabʼin taʼrif qiladurlar. Muolijasin ham koʻrganlar ukodurlar. Tabʼi ham yaxshidur. Ammo muammogʻa koʻprak mashgʻuldir», deydi. Darvesh Ali Jomiy «Bahoriston»i, Navoiy «Chor devon»ining 1-va 2-kitoblarini, Muhammad Tohir Gʻazzoliining «Maʼrifat ul-mazohib» risolasini nastaʼliq xatida koʻchirgan. Bu dastxatlar Oʻzbekistan FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 2227, 4007, 7701, 3376).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые