ANTIMETABOLITLAR

ANTIMETABOLITLAR (anti… va yun. metabole — oʻzgarish) — tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻladigan oraliq birikmalarning oʻzlashtirilishini izdan chiqaradigan moddalar. Organizmga yot moddalardan hisoblanadi. Antimetabolitlar kimyoviy xossalari va tuzilishi bilan hayot uchun zarur moddalar (metabolitlar)ga yaqin turadi. Shuning uchun Antimetabolitlar metabolitlarning parchalanishi yoki sintezida ishtirok etadigan fermentlar bilan reaksiyaga kirishib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Natijada fermentlar faoliyati toʻxtab, biokimyoviy jarayonlar buziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x