ANTIDETONATORLAR

ANTIDETONATORLAR — motor yonilgʻilariga ularning detonatsiyaga qarshi turgunligini oshirish uchun oz miqdorda (1% gacha) qoʻshiladigan kimyoviy birikmalar. Eng samarali Antidetonatorlarga qoʻrgʻoshin tetraetil R (S2N5)4, koʻrgʻoshin tetra-metil R (SN3)4, marganes metilsik-lopentadiyeniltrikarbonil SN3S5N4Mp(SO)3, temir pentakarbonil (FeCO)5 va b. kiradi. Bulardan qurgʻoshin tetraetil keng qoʻllaniladi, chunki boshqa Antidetonatorlar ishlatilganda karbyurator dvigatellarining yonish kamerasi devorlarida koʻp miqdorda qattiq qurumlar hosil boʻlib, uning ishlashiga salbiy taʼsir etadi. Bu A. tarkibiga «qoʻrgʻoshinni biriktirib oluvchilar» (etilbromid, dibrometan, dibrompropan) qoʻshiladi. Ular qoʻrgʻoshin bilan uchuvchan birikmalar hosil qilib yonish kamerasidan oson chiqib ketadi. Tarkibida qoʻrgʻoshin tetraetil boʻlgan motor yonilgʻilar etillangan motor yonilgʻilar deb ataladi. Ular oʻta zaharli boʻlganligi uchun ishlatayotganda juda ehtiyot boʻlish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x