KLON (yun. klon — shox, novda, bachki) — bir oʻsimlik yoki hayvon organizmidan jinssiz yoki vegetativ koʻpayish yoʻli bilan paydo boʻlgan individlar nasli. Nemis olimi Vebber Klonni birinchi boʻlib taʼriflab berdi (1903). Klon hayvonot olamida — mikroorganizmlar, hasharotlarda, oʻsimliklar olamida — mevali daraxtlar, tok, piyoz va b. da uchraydi. Klon tuxumhujayradan apogam yoʻli b-n meyozga uchramay paydo boʻlgan nasllardan; qalamcha, tuganak va b. da hosil boʻlgan ona oʻsimliklar naslidan va b. tashkil topishi mumkin. Oʻsimliklar dunyosida vegetativ koʻpayishda kurtak oʻzgaruvchanligi tufayli navning naslida boshlangʻich oʻsimlikdan farqlanuvchi individlar tarzida paydo boʻladi. Ular shu navning yangi Klon larini boshlab beradi. Shunga koʻra, har bir navning ahamiyati turlicha boʻlgan bir nechta Kloni boʻlishi mumkin. Koʻpchilik nusxalarning qim-matli xoʻjalik belgilari Klon olish yoʻli bilan saqlab qolinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые