KLAN (gelcha clann — nayel, urugʻ, avlod) — 1) kelt xalqlarida urugʻ, baʼzan qabila nomi. Keyinchalik, urugʻchilik munosabatlari yemirilishi davrida — taxmin etilgan urugʻ boshligʻi ismi bilan atalgan qad. urugʻ avlodlari boʻlgan qonqarindoshlarning yirik guruhlari. Bunda shotlandlar va irlandlarda umumiy ismga «oʻgʻil», «oʻgʻli» maʼnosini anglatuvchi «Mak» qoʻshimchasi qoʻshila boshlangan (mas., Mak Kartli, Makdonald); irlandlarda buni boshqa bir shakli ham boʻlib, ism oldiga «O» («nabira») qoʻshimchasi qoʻshilgan (mas, OʻKonnor). Klan urugʻchilik tuzumiga xos boʻlgan yerning umumiy mulkligi va b. udumlar (xun olish, umumiy kafillikka olish va b.) ni saqlab qolgan. Shotlandiya va Uels ning ayrim r-nlarida Klan 19-a. gacha saqlangan. Hoz. (asosan, chet el) adabiyotlarda Klan — «urugʻ» istilohiga mos keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые