KIM IR SEN (taxallusi; koreyscha «Koʻtarilayotgan Quyosh» maʼnosida, haqiqiy ismi Kim Son Chju) (1912.15.4 — Mangende qishlogʻi, Pxenyan sh. yaqinida — 1994.8.7, Pxenyan) — Koreya siyosiy arbobi. Koreya Mehnat partiyasi (KMP) MK Bosh kotibi (1966-y. dan, 1949—66 y. larda KMP MK raisi), oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan. Bu oila 1920 (yoki bir yil avval) Xitoyga, Manchjuriyaga koʻchib bordi. Kim Ir Sen S bu yerda yashirin marksistik toʻgarakka kirdi, bir necha oy qamoqda yotdi. Ozodlikka chiqqach, yapon bosqinchilariga qarshi kurashish maqsadida partizan otryadlaridan biriga qoʻshildi. 1932-y. dan keyingi hayoti butunlay partiyaviy-siyosiy ishlar bilan bogʻliqdir. KXDRda saqlanib kelayotgan bir partiyali tizimda Kim Ir Sen S shaxsiga sigʻinish avj olgan. U «chuchxe» — oʻziga xoslik gʻoyalari asosida qurilgan «yer yuzidagi jannat» (koreys tipidagi sotsializm) deb atalmish jamiyatning bunyodkori sifatida ulugʻlangan. Jasadi Pxenyan sh. dagi «Kimsusan» maqbarasiga qoʻyilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые