KIVU — Sharqiy Afrikadagi koʻl. Kongo Demokratik Respublikasi bilan Ruanda chegarasida, 1460 m balandlikdagi tektonik soylikda. Mayd. 2,6 ming km2. Uz. 100 km, chuq. 496 m gacha. Qirgʻoqlari tik. 150 dan ziyod orol bor. K. tubidan baʼzan vulkan otilib turadi. Chuqur suvlarida erigan holatdagi metan (sanoat ahamiyatiga ega) va karbonat angidrid gazlari mavjud. Koʻldan Ruzizi daryosi oqib chiqib, Tanganika koʻliga quyiladi. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan. Kivuni 1894-y. da nemis sayyohi A. fon Getsen kashf etgan. Koʻl va uning atrofi milliy park deb eʼlon qilingan. Muhim portlari — Bukavu, Goma, Kibuye.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые