KESHOKOV Alim Pshemaxovich [1914.9(22).7, Shalushka qishlogʻi (hoz. Kabarda-Balkariya, Chegem tumani)] — kabardin shoiri va yozuvchisi. Kabarda-Balkariya xalq shoiri (1964). 2-jahon urushi qatnashchisi. Ilk sheʼrlar toʻplami — «Togʻ etaklarida» (1941). «Chavandozning yoʻli» (1946) dostoni, «Yoshlik zamini» (1948), «Sheʼrlar» (1951) toʻplamlarida 2-jahon urushi voqealari aks etgan. «Choʻqqilar uygʻoq» (1—2-kitob, 1960, 1966); «Singan taqa» (1973), «Oy chiqishi» (1977) romanlarida kabardin xalqining hayoti tasvirlangan. «Qorli togʻdan qarab» avtobiografik qissasi (1974), «Alxo» pyesasi (1950), «Koʻchki» kinossenariysi (1951) muallifi. Keshokov oʻzbek shoirlari (A. Oripov, O. Matjon va b.) sheʼrlarini kabardin tiliga tarjima qilgan. «Choʻqqilar uygʻoq» romani oʻzbek tilida nashr etilgan (1970).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые