AMINOVA Rahima Hodiyevna (1925.18.11, Qoʻqon) — tarixchi olima, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), tarix fanlari d-ri (1963), prof. (1968). Oʻrta Osiyo davlat untining sharq f-tini bitirgan (1948). Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tida ilmiy xodim (1953 — 57), boʻlim mudiri (1957—93), yetakchi ilmiy xodimi (1993 ydan). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sanoat ishchilari tarixi, agrar masala, xotin-qizlar harakati va b. mavzularga bagʻishlangan. Oʻzbekiston xotin-qizlari orasida jamoat ishlari olib borgan. Aminova 13-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Moskva, 1970), 14-Xalqaro tarix fanlari kongressida (San-Fransisko, 1975), 9-Jahon sotsiologlari kongressida (Upsala sh., Shvetsiya 1978), 10-Jahon sotsiologlari kongressida (Mexiko, 1982), 16-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Shtutgard sh., 1985), AQSHda boʻlib oʻtgan Xalqaro tarixchilar ilmiy konferensiyasida (1986), shuningdek Efiopiya, Jazoir, Bolgariya va b. mamlakatlarda oʻtkazilgan xalqaro simpozium va konferensiyalarda ilmiy maʼ-ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые