AVOKADO, alligator noki (Persea) — lavrdoshlarga mansub doim yashil oʻsimliklar (daraxtlar) turkumi. Subtropik zonada, jumladan, Qora dengiz atroflarida oʻsadi, Oʻzbekistonda hozirgacha ekilmagan. Avokado daraxti baland, gullari ikki jinsli, oq. Mevasi (250—600 g) bir urugʻli, toʻq yashil yoki koʻkimtir-qizil, tarkibida 30% gacha moy, 1,5—4% gacha oqsil bor; yangi uzilgan holda isteʼmol qilinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые