AVIATSIYA ASBOBLARI — samolyotdagi nazorat-oʻlchov ishlarini bajarishda ishlatiladigan jihozlar. Uchuvchi, shturman, bort muhandisi (texnigi) kabinalarida oʻrnatiladi. Vazifasi jihatidan uch guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga dvigatel asboblari, ikkinchi guruhga pilotaj-navigatsiya asboblari, uchinchi guruhga esa yordamchi asboblar kiradi. Taxometr, termometr, mano-vakuummetr, gazoanalizator (alfametr), benzin oʻlchagich, moy oʻlchagichlar birinchi guruhni; kompas, havo tezligi koʻrsatkichi, balandlik oʻlchagich, soat, vertikal tezlik koʻrsatkichi (variometr), burilish koʻrsatkichi, sirgʻanish koʻrsatkichi va aviagorizont ikkinchi guruhni; tezlanish koʻrsatkichi (akselerometr), shassi va-ziyati koʻrsatkichi, avtopilot, avtoshturman va b. uchinchi guruhni tashkil etadi. Uchinchi guruh Aviatsiya asboblari baʼzi samolyotlarda boʻlmasligi ham mumkin. Uchuvchi birinchi guruh Aviatsiya asboblari koʻrsatishlariga qarab samolyot dvigatellari ishini boshqaradi va dvigatel ishidagi nuqsonlarni oʻz vaqtida bilib oladi. Samolyotdagi Aviatsiya asboblari soni va xili shu samolyotning turi hamda vazifasiga bogʻliq. Koʻp dvigatelli hoz. samolyotlarda 60 ga yaqin Aviatsiya asboblari boʻladi. Hoz. kunda Aviatsiya asboblari tizimi va uning barcha jihozlari (jumladan EHM orqali boshqariladigan dastur vositalari) avionika soʻzi bilan ifodalanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые