QORAQALPOQ TILI

QORAQALPOQ TILI — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoqnoʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birga). asosan, Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, RF va Afgʻonistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida soʻzla-shuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan iborat (oʻtgan asrning 90-y. lary oʻrtalari). Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shim.-sharqiy va jan. garbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lah-jalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Adabiy Qoraqalpoq tili 20-a. ning 1-yarmida shim.sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski oʻzbek adabiy tilidan foydalanishgan.

Qoraqalpoq tilining oʻziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, mas, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh b-n; sh esa s undoshi bilan almashadi, mas, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim soʻzlarda gʻ undoshi oʻrnida v; g undoshi oʻrnida y ishlatiladi, mas, tav (togʻ), tiy (teg) va b. Q. t. da, boshqa koʻpchilik turkny tillarda boʻlganidek, umumturkiy soʻzlardan tashqari, arab, eroniy, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham ancha-gina.

Qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924-y. da shakllanti-rilgan. 1929—40 y. larda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940-y. dan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999-y. dan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ad.: Baskakov N. A.. Karakalpakskiy yaznk, t . 1 – 2 , M . – L . , 19 5 1-52; Berdimuratov Ye., Hazirgi zaman qaraqalpoq tilinip lsksikologiyasm, Nokis, 1968; Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurskix yazmkov, 2-izd., M.. 1969; Berdimuratov Ye.. Umarov A.. Bekimbetov P., Karakalpakskiy yazj (fonetika, morfologiya, sintaksis), Nukis. 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x