KONTRASTLIK

KONTRASTLIK (frans. contraste — keskin ifodalangan qarama-qarshilik) (psixologiyada) — obyekt lar yoki ularning bir qismidagi tafovutlarning subyektiv ravishda oshirib idrok etilishi; qarama-qarshi sifatga ega boʻlgan avvalgi yoki bir vaqtdagi qoʻzgʻalish tufayli sezgirlikning oʻzgarishi. Mas, qora rang oqrang oldida yana ham qoraroq koʻrinadi; issiq narsani sezish ketidan sovuqqa sezgirlik kuchayadi va h. k. K. tabiat va jamiyatning turli sohalarida bevosita aks etishi hamda tafovutli jihatlari bilan voqelik, moddiylik keskin ajralib turishi mumkin. U ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi tufayli muvaqqat nerv bogʻlanishlar mexanizmiga asoslanadi. Odatda, koʻrishda, eshitishda, tasviriy ifodalarda Kontrastlik uchrab tursa, ikkinchi bir tomondan yorugʻlik, rang, hajm, koʻlam jihatidan fotografik Kontrastlik fizikaviy voqelikni aks ettiradi. Kontrastlik hissiy (timsollar, tasvirlar, obrazlar) va aqliy, mavhumiy (soʻz, tushuncha, qonuniyat tariqasida) tarzda namoyon boʻladi hamda jismlar, hodisalar oʻrtasidagi farqlanuvchi alomatlarni mujassamlashtiradi. Bu hol inson idrokida timsolning qarama-qarshisi paydo boʻlishiga olib keladi. Agarda inson «shirin»ni idrok qilsa, unga kontrast boʻlgan «achchiq» beixtiyor yodga toʻshadi. Odam «tinchlik» tushunchasini oʻz nutqida qoʻllasa, ixtiyorsiz tarzda «urush» atamasi gavdalanadi. Xarakterning fazilatlari yuzasidan mulohaza yuritilsa, albatta, illatlari ham idrok qilinadi. Kontrastlik insonning salohiyati, aql-zakovati, turmush tajribasi, umumiy saviyasi, tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatiga bogʻliq qonuniyat sifatida ijtimoiy hayotda vujudga kelaveradi hamda hukm suraveradi.

Ergash Gʻoziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x