KONSTANSA

KONSTANSA — Ruminiyaning jan.-sharqiy qismidagi shahar, Konstansa judetsining maʼmuriy markazi. Atrofidagi kurort r-nlar bilan birga alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Mamlakatning Qora dengiz sohilidagi muhim porti (yuk ortib-tushirish yiliga 15 mln. t). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 342,2 ming kishi (1998). Mashinasozlik, xususan, kemasozlik — yetakchi sanoat tarmogʻi. Konstansa — jun sanoatining yirik markazlaridan. Oziqovqat, tikuvchilik, qurilish materiallari, sellyuloza-qogʻoz, mebel sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Baliq ovlash bazasi. Arxeologiya va badiiy muzeylar, teatr bor. Xalqaro ahamiyatdagi kurort shahar. K. oʻrnida mil. av. 6-a. gacha yunonlar polney boʻlgan, 1878-y. dan Ruminiya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan antik davrga xos turar joy, bazilika qoldiqdari (5—6-a. lar), masjidlar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x