KOMPARATOR

KOMPARATOR (lot. compare — taqqoslayman) — 1) fizik kattaliklarning oʻlchamlarini mos etalon (namuna) oʻlchamlariga solishtirib aniqlaydigan oʻlchash asbobi (teng yelkali tarozilar, elektr-oʻlchash potensiometrlari va b. taqqoslash asboblari); nazorat-oʻlchash vositalaridan biri. Mexaniq (yelkali tarozilar), elektr (oʻlchash koʻprigi), optik (optimetr), interferension (interferometr), stereoskopik va b. turlari bor. K. yordamida uzunlik, burchak, massa, bosim, tok kuchi va b. oʻlchanadi. Xaritalar tuzish ishlarida stereokomparatorlar qoʻllanadi.

2) astronomiyada — spektrlar va astrofotogʻrafiyalarni taqqoslash uchun spektrokomparator va blink-komparatorlardan foydalaniladi. Komparator yordamida yulduzlarning nuriy tezligi, osmon yoritqichlarining oʻzgarishlari, osmondagi bir obyektning ikkinchisiga nisbatan oʻzgarishi aniqlanadi va h. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x