ABU NAZR SAMARQANDIY (Abu Nazr Muhammad ibn Masʼud al-Ayoshiy as-Sulamiy) , (10-a.) — fiqx olimi. Xurosonda bosh imomlik qilgan. Arab tilida 208 ta asar yozgan. Bulardan «Kitob sirat abiy» («Otamning tarjimayi holi kitobi»), «Kitob sirat Umar» («Umarning tarjimayi holi kitobi»), «Kitob al-muvazzah» («Izohlangan narsalar haqida kitob»), «Kitob sirat Muoviya» («Muoviyaning tarjimayi holi kitobi») kabi asarlari diqqatga sazovordir. Ayniqsa uning «Tafsir as-Sulamiy» kitobi mashhur boʻlib, nemis sharqshunosi K. Brokkelmanning yozishicha , bu asarning Ibrohim ibn Ahmad al-Qummiy tomonidan qaytadan ishlangan nusxasi bizgacha yetib kelgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые