KONTUR (frans. contour — tashqi koʻrinish) — 1) predmet yoki uning detallari umumiy qiyofasini ifodalovchi koʻrinish, abris, chiziq. K. tasviriy ifodalash vositalaridan biri hisoblanadi. Uning yordamida shaklning xarakteri, harakati, qiyofasi taʼkidlanadi;
2) elektrotexnika va radiotexnikada induktivlik, sigam, elektr qarshiliklardan iborat berk zanjir.