Juma mav’izalari. Giyohvandlik – asr vabosi


Post Views:
503

Giyohvandlikning kishilar sog‘lig‘iga, oilalarga, iqtisodiga, odob-ahloqiga, umuman inson xayotining barcha sohalariga solayotgan tahdidi soat sayin ortib bormoqda.

Mutaxassislar endilikda dunyoni halokatga soluvchi narsa vodorod bombasi emas “Geroin bombasi” bo‘lib qolganini ta’kidlamoqdalar.

Islom dinining ta’limotlari, qonun qoidalari va amallaridan besh maqsad ko‘zda tutilgandir:

  1. Inson hayotini muhofaza qilish.
  2. Inson aqlini muhofaza qilish.
  3. Inson dinini muhofaza qilish.
  4. Inson naslini muhofaza qilish.
  5. Inson mol-mulkini muhofaza qilish maqsadlari.

Shuning uchun ham inson mana shunday buyuk ne’mat sohibi bo‘lishi bilan bir qatorda bu ne’matlarni muhofaza qilishligi bilan ham boshqa mahluqlardan mukarram.

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam har bir mast qiluvchi va bo‘shashtiruvchidan qaytardilar”. Bu hadis bilan iste’mol qilganda tanani, a’zolarni, asabni va boshqa joylarni bo‘shashtiruvchi har qanday narsa harom bo‘ldi. Mana shu hadisdagi bo‘shashtiruvchilik sifati ajnabiy tillarda “narkotik” deb hisoblanayotgan giyoxhvandlik moddalarning vasfidir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana bir hadislarida: «Har bir mast qiluvchi xamrdir. Har bir xamr haromdir», deganlar. Shuning uchun u vodkami, viskimi, vino yoki pivomi, shanpanskiymi, nashami, qoradorimi, geroinmi, morfinmi, ko‘knorimi baribir hammasi harom.

O‘ninchi hijriy asrdan boshlab kitoblarimizda “Giyohvandlik moddalari” iste’lohi ishlatila boshlandi. Ya’ni 400 yil oldin. O‘sha vaqtlarda barcha mazhablarning fuqarolari giyohvandlik moddalarining harom ekanligiga, ularni halol sanagan kishi kofir bo‘lishiga ittifoq qilganlar. Shuningdek, ularni yeyish, ichish, hidlash yoki igna orqali qabul qilish mutlaqo mumkin emas. Ibn Umar roziyallohu anhudan vorid bo‘lgan hadis hamr sababli la’natlangan kimsalar xususida hujjat bo‘ladi.

– Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo hamrni ham, uni ichuvchisini ham, quyuvchisini ham, sotib oluvchisini ham, sotuvchisini ham, tayyorlatuvchisini ham, olib keluvchisini ham, olib ketuvchisini ham la’natladi”.

– Barcha asr ulamolari giyohvandlik moddalarini tanovul qilish, ekish, ishlab chiqarish, ularning tijorati bilan shug‘ullanish harom ekaniga ittifoq qilganlar.

– Ular aytadilarki: “Giyohvandlik moddalari orqali qilingan kasb haromdir, ularning ta’siri ostida namoz o‘qigan odamning namozi qabul emas, ulardan kelgan foyda harom, uni sadaqa qilib ham bo‘lmaydi, yaxshilik ishlariga ham ishlatib bo‘lmaydi”, deganlar.

Ilhomjon Madaliyev,
“Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jome’ masjidi imom xatibi

https://shosh.uz/uz/juma-mav-izalari-giyohvandlik-asr-vabosi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x