DEU KORPORATSIYASI

«DEU» KORPORATSIYASI (DAEWOO Corporation) — Janubiy Koreyaning yirik sanoat kompaniyalari guruhi, jahondagi eng yirik korporatsiyalardan biri. Asosan avtomobillar, shuningdek, qurilish, kemasozlik, ogʻir sanoat jihozlari, stanoksozlik, as-bobsozlik, telekommunikatsiya jihozlari, elektrotexnika, maishiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, savdo, moliyaviy xizmat koʻrsatish, telekommunikatsiya xizmati, mehmonxona biznesi vab. bilan shugʻullanadi. «DEU»ning toʻqimachilik mahsulotlari i. ch. va uni eksport qilish bilan shugullanadigan birinchi kompaniyasi — «Daewoo industrial Co. Ltd.» 1967-y. da tashkil qilingan. 1975-y. da umumiy savdo kompaniyasi maqomini oldi. 1976—80 y. larda qurilish, moliyaviy xizmat, kemasozlik, ogir sanoat, avtomobilsozlik (1978-y. dan), aloqa, elektronika va b. tarmoklarda faoliyat boshladi. 1982-y. dan transmilliy korporatsiyaga aylandi. 1995-y. da chet ellarda 102 vakolatxonasi ochildi, unga qarashli 155 kompaniya ishladi. 1990—95 y. larda «DEU» oʻzining umumiy menejment rejasiga muvofiq yengil avtomobillari b-n Yevropa bo-zorida savdo qila boshladi. 1995-y. da korporatsiya dunyo boʻyicha 636 ming dona avtomobillarini sotdi. Shu davr mo-baynida «DEU» Polsha, Ruminiya, Chexiya, Oʻzbekistan, Vyetnam, Meksika va Lotin Amerikasi davlatlariga asosiy investitsiyalarini kiritdi.

1992-y. da Oʻzbekiston Respublikasi va «DEU» korporatsiyasi oʻrtasida «OʻzDEUavto» qoʻshma korxonasini tuzish boʻyicha bitim imzolandi va 1996-y. martga kelib z-d ishga tushiriddi (q. Asaka avtomobil zavodi). Bundan tashqari «DEU» Oʻzbekistonda kommunikatsiya sohasida ham faoliyat yuritadi (mas, «DEU yunitel» uyali aloqa vositalari kompaniyasi). «DEU» Afrika, Osiyo, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Shim. Amerikadagi 85 dan ortiq mamlakatda 380 investitsiya loyihalarida katnashdi, jami savdo hajmi 72 mlrd. AQSH dollariga yetdi (1998). 1997—98 y. larda Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz «DEU»ni ham chetlab oʻtmadi. 2001-y. da avtomobilsozlik sohasida «DEU motor» aksiyalarining 35 foizini AQSHning «Jeneral Motors» kompaniyasi sotib oldi.

Hamid Azizqoriyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x