MERTON

MERTON (Merton) Robert (1944, Nyu-York) — amerikalik iktisodchi. Kaliforniya texnologiya in-ti magistri (1967), Kembrij (Massachuset texnologiya in-ti) unti prof. (1969 — 1980), Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi direktori (1979), Garvard unti qoshidagi Ish boshqaruvchilar oliy maktabi prof. Ilmiy ishlari nomaʼlumliklar iqtisodiyoti, axborotlar, matematik iktisodiyot va modellashtirish, moliya va investitsiya masalalariga bagʻishlangan. Merton ikkilamchi qimmatli qogʻozlar yoki «derivativ»larning opsionlari qiymatini baholashda foydalaniladigan «Blek-Skoulz formula»sini yechishning yangi uslublarini yaratdi. Natijada bu formuladan keng foydalanish imkoniyati paydo boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1997; M. Skoulz bilan birgalikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x