LUKRETSIY

LUKRETSIY (Lucretius), Tit Lukretsiy Kar (mil. av. taxm. 96 — 55.15.10) — rimlik faylasuf va shoir. Lukretsiy haqidagi eng dastlabki biografik maʼlumotlar mil. 4-a. ga toʻgʻri keladi, lekin uni ishonchli deb boʻlmaydi. Lukretsiy falsafada Epikurtng davomchisi. Asosiy falsafiy asari — «Narsalarning tabiati haqida» didaktik dostonidir. U qad. davrda materialistik falsafa izchil bayon qilingan va toʻla saqlangan yagona asardir. Lukretsiy fikricha, atom ilk materiya sifatida narsalar mohiyati negizini tashkil qiladi. Lukretsiy baʼzilarning atomlarni sezgi aʼzolarimiz opkali koʻrmaymiz, chunki ular yoʻq, degan fikrga javoban, biz shamolni koʻrmaymiz, lekin shunga qaramasdan u doimo mavjuddir, deydi. Atomlar xilma-xil. Fazo real mavjud. U narsalardan tashqarida mavjud, boʻshliq, vaqt esa jismlarning harakati va sukunati bilan bevosita bogʻliq. Harakat boʻshliqda sodir boʻladi. Jism va boʻshliq cheksizlikni tashkil etadi. Har qanday harakat jismlarning oʻziga xosdir. Harakat sezgilardan yashirin mayda zarralarda boshlanadi. U tufayli katta jismlar harakatga keladi. Odamlar zulm va zoʻravonlikka chek qoʻyish maqsadida davlat va huquqqa asos solganlar. Lukretsiy tilning kelib chiqishi, dinlarning paydo boʻlishi sabablari haqida fikr yuritdi. Lukretsiy etikasida azob-uqubatlar sabablarini bartaraf etish, moʻtadillik, ruhiy xotirjamlik muhim oʻrin tutadi. Lukretsiyning atomistik gʻoyalarini 17—18-a. faylasuflari yanada rivojlantirdilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x