LUGOVSKOY Vladimir Aleksandrovich

LUGOVSKOY Vladimir Aleksandrovich [1901.18.6(1.7), Moskva – 1957.5.6, Yalta] — rus shoiri. Ijodining dastlabki bosqichida konstruktivizm oqimi taʼsirida boʻlgan. «Doʻst-yorlarim iztiroblari» (1930) toʻplami uning bu oqim bilan uzil-kesil aloqasini uzganidan shahodat bergan. 20-a. 30-y. boshlarida Oʻrta Osiyoda birmuncha vaqt yashab, «Sahro va bahor bolsheviklariga» sheʼriy epopeyasini yaratgan (1-kitobi — 1931, 2-kitobi — 1933). Qora dengiz floti kemalarida qilgan uzoq muddatli safarlari natijasida «Yevropa» (1932) sheʼrlar kitobini chop etgan. «Hayot» (1933) avtobiografik dostonida Lugovskoyning voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili, «Kaspiy dengizi» (1936) va b. sheʼriy kitoblarida esa keskin lirizmga asoslangan oʻziga xos uslubi shakllana boshladi. Lugovskoy ijodining choʻqqisi «Asr oʻrtasi» (1958) kitobi hisoblanadi.

Lugovskoy 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonda yashab, Oybekning «Oʻch» dostonini va b. oʻzbek shoirlari sheʼrlarini rus tiliga tarjima qilgan.

As: Stixotvoreniya i poemы, M. —L., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x