KAMON (musiqada) — 1) bir uchidan ikkinchisiga qil tutami tortilgan tayoqcha; gʻijjak, skripka kabi torli cholgʻu asboblarini chalish uchun ishlatiladi. Kamonning ishqalanishidan tor tebranib tovush chiqaradi. Tuzilishi jihatdan Kamonga nisbatan takomillashgan s m i ch o k hozir Kamon oʻrnida qoʻllaniladi va u ham Kamon deb yuritiladi;
2) Kavkaz, Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida gʻijjakning nomi, kamoncha deb ham ataladi.