Sitora Farmonova — Habiba

Oro bermang, oro, nozlarim yomon,
Ishqim o`tida ado bo`lasiz,
Ey, va’dalari chin yor.
Daryo ko`nglim, daryo sevilgan sarim,
Sho`xliklarim shamol,
Ovora bo`lib, bedor bo`lasiz, bedor.

Mani ishqim ozor-ozor,
Dilni etadi bemor-bemor,
G`ururim osmon, dardim ummon,
Sizga man armon-armon.

Habiba, Habiba,
Man ertaklardagi sho`x qizman Habiba.
Ishqida ming shahzodalarni
Parishon aylatgan Habiba.

Habiba, Habiba,
Man ahli oshiqlar orzusi Habiba.
Ishqida ne ovoralarni
Parishon aylatgan Habiba, man Habiba.

Shaydo bo`lmang, shaydo, bejiz aldanib,
Bu afsunda ko`p ofat-u balo,
Shaksiz etadi vayron.
Orom bilmay, orom, g`amg`in yurasiz,
Vaslim oydan baland, oftobdan uzoq,
Nolon bo`lmang, nolon.

Mani ishqim ozor-ozor,
Dilni etadi bemor-bemor,
G`ururim osmon, dardim ummon,
Sizga man armon-armon.

Habiba, Habiba,
Man ertaklardagi sho`x qizman Habiba.
Ishqida ming shahzodalarni
Parishon aylatgan Habiba.

Habiba, Habiba,
Man ahli oshiqlar orzusi Habiba.
Ishqida ne ovoralarni
Parishon aylatgan Habiba, man Habiba.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x