Xohlar edim sevishni, lekin buncha qiynalish?
Bu tuyg’ular edi menga butkul notanish.
Atrofimni o’rab olsa-da baxt,
Dunyolarim bersa taxt,
Kerak emas menga sensiz,
Yuragimdagi tuyg’ularim cheksiz.
Senga bo’lgan muhabbatim
Hamrohimdir to abadim,
Bundan ortiq yo’qdir baxtim,
Lekin, jonim, ushalmas orzusan.
Yuragimga noming azaldan
Go’yoki o’yib u yozilgan,
Senga atalgan boru-yo’g’im,
Hayotim bag’ishlangan.
Sevgim bo’lsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan.
Men tubdaman,
Sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim, o’zing armonim.
Xayolim faqat sen ila band,
Orzuimda birgamiz abad, shirin armonim.
Sendan umid qilishimning o’zi
Bo’lar tentakligim so’zi.
Lekin netay qalbim ko’zi
Sendan o’zgani ko’rmas aslo.
Yo’q, bo’lsin doim ko’ngling to’q,
Qalbim teshib o’tsa-da o’q,
Seni bezovta qilgim yo’q,
Bilaman, jonim, ushalmas orzu.
Yuragimga noming azaldan
Go’yoki o’yib u yozilgan,
Senga atalgan boru-yo’g’im,
Hayotim bag’ishlangan.
Sevgim bo’lsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan.
Men tubdaman,
Sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim, o’zing armonim.
Xayolim faqat sen ila band,
Orzuimda birgamiz abad, shirin armonim.
Samolarda balki bo’larmiz birga,
Jannat bog’larin kezarmiz birga.
Lekin bu dunyoda seni baxtli ko’rsam bas,
Men uchun shu baxt demak,
Bundan ortiq kerakmas.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim, o’zing armonim.
Xayolim faqat sen ila band,
Orzuimda birgamiz abad, shirin armonim. (x2)
Shirin armonim…