KOLLEGIUM (lot. collegium — oʻrtoqlik, hamkorlik) — 16—18-a. larda Gʻarbiy Yevropadagi yopiq oʻrta, baʼzan oliy oʻquv yurti. Kollegium, asosan, iyezuitlar tomonidan ochilgan. Unga faqat xukmron sinf bolalari qabul qilingan. Kollegiumda «yetti erkin sanʼat» va ilohiyot oʻqitilgan, shuningdek, lotin va yunon tillari oʻrgatilgan, adabiyot, geogr. va tarix boʻyicha ayrim maʼlumotlar berilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые