Tohir Mahkamov — Yor-yor

Hay-hay o`lan, jon o`lan,
Baxtga yeting, yor-yor.
Baxtni olib, azobimni
Tashlab keting, yor-yor.

Azob bilan men qolay,
Tashlab keting, yor-yor.
Baxtga yeting, shod kulib,
Yashnab keting, yor-yor.

Bilmadingiz sevgimni siz,
Uvol bo`ldi, yor-yor.
Umrim mening javobi yo`q
Savol bo`di, yor-yor.

Hay-hay o`lan, jon o`lan,
Baxtga yeting, yor-yor.
Baxtni olib, azobimni
Tashlab keting, yor-yor.

To`yingizda baxtlar tilab,
Duo etgum, yor-yor.
Ko`yingizda zor yig`lab,
Tanho o`tgum, yor-yor.

Hay-hay o`lan, jon o`lan,
Baxtga yeting, yor-yor.
Baxtni olib, azobimni
Tashlab keting, yor-yor.

Azob bilan men qolay,
Tashlab keting, yor-yor.
Baxtga yeting, shod kulib,
Yashnab keting, yor-yor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x