Post Views:
196
JARARIQ DAHASI – Shayxontohur tumanida, shaharning shimoli-g‘arbiy qismida, Ko‘ksaroy, Alp Jamol, Jarariq, Beltepa ko‘chalari oralig‘ida joylashgan. Daha 1939–42 yillarda Toshkent viloyati “O‘zbekiston” jamoa xo‘jaligi hududida tashkil etilgan. 1988–93 yillarda jamoa xo‘jaligi yerlari shahar tasarrufiga o‘tkazildi va eski yakka tartibdagi uy-joylar o‘rniga Toshkent shahrini rekonstruksiya va obod qilish davlat loyihalash instituti loyihalari asosida zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar qurila boshladi. Dahada 30 ta 9 qavatli, 27 ta 4 qavatli turar joylar, yakka tartibdagi uy-joylar, 2 ta maktab, bog‘cha, savdo, madaniyat va maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari mavjud.
“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/jarariq-dahasi/