Post Views:
3 716

ISLOM INSTITUTI, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47a -uy) – oliy diniy o‘quv yurti. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy bosh­qarmasi raisi, muftiy Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o‘g‘li tashabbusi bilan masjid imom-xatiblarining malakasini oshirish kurslari (1970) negizida 1971 yil Toshkentda tashkil etilgan. Dastlab Islom oliy ma’hadi deb nomlangan. 1991 yildan hozirgi nomda. Tashkil etilganda buyuk muhaddis Imom Buxoriy nomi berilgan. O‘zbekis­ton musulmonlari idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan diniy xodimlar tayyorlaydi. Institut bitiruvchilariga islomshunos, imom-xatib va arab tili o‘qituvchisi ixtisosligi beriladi.

Islom instituti
Islom instituti

Institutda 4 ta kafedra mavjud: diniy fanlar (fiqh, usul ul-fiqh, aqoid, hadis, mustalah-ul-hadis, tafsir, faroiz, xatoba kabi diniy fanlar o‘qitiladi), ijtimoiy fanlar (falsafa, ma’naviyat asoslari, sotsiologiya, O‘zbekiston tarixi, islom tarixi, mazhablar va firqalar tarixi, dinlar tarixi, siyosatshunoslik, iqtisodiyot nazariyasi, ekologiya asoslari va boshqa fanlar o‘qitiladi), tahfizul-Qur’on (Qur’oni karim qiroati, tajvid, ulumul-Qur’on kabi fanlar o‘qitiladi), tillar (ona tili, arab tili, ingliz tili, fors tili, rus tili, balog‘at va xattotlik kabi fanlar o‘qitiladi). Kutubxonasida 20 mingdan ortiq asar saqlanadi.

Islom instituti (www.qadriyat.uz)
Islom instituti

Institutda ilmiy kengash, o‘quv-uslubiy kengash, murabbiylar kengashi, talabalar kengashi faoliyat olib boradi. Institutda 130 dan ortiq talaba o‘qiydi, 42 o‘qituvchi ishlaydi (2008). Institut tashkil etilgandan beri uni 1700 dan ortiq kishi bitirib chiqdi. Institut hududida tarixiy va me’moriy yodgorlik – Namozgoh masjidi mavjud.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/islom-instituti-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x