KLEYN

KLEYN (Klein) Lourens Robert (1920.14.9, Omaxa, AQSH) — amerikalik iqtisodchi, ekonometrika asoschilaridan biri. Oksford un-ti (Angliya) qoshidagi Statistika in-ti xodimi (1954—58), Pensilvaniya unti (AQSH) iqtisodiyot prof. (1958-y. dan). Kleyn yaratgan iqtisodiy faoliyatning ekonometrik modellari AQSH, Isroil, Meksika va Yaponiya iqtisodiyotlarining rivojlanishi istiqbollarini aniqlashda qoʻllanilgan. Kleyn iqtisodiy nazariyani amaliy vazifalarga tadbiq qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning asarlari bu sohadagi rivojlanishga yoʻnalish berdi va jahon boʻyicha modellar yaratishga taʼsir koʻrsatdi. Kleynning katta yutugʻi — umumiy keynschilik modelini statistik shaklga keltirganligi boʻldi. Uning yirik asarlari: «Keynschilik revolyutsiyasi» (1947), «Ekonometrika daryoligi» (1953). Shuningdek, uning bozor konyunkturasi oʻzgarishlarini oldindan aniqlashda qoʻllaniladigan ekonometrik modellari ham mikroiqtisodiyot muammolarini xal qilishda muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1980).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x