LOT

LOT (gollandcha lood) — dengiz, koʻl, daryolarning chuqurligini kema bortidan turib oʻlchaydigan asbob. Dastlabki (50 m gacha chuqurlikni oʻlchash uchun), mexanik (200 m gacha) va gidroakustik (k,. Exolot) xillari bor. Dastlabki Lot metr yoki futlarga boʻlingan poʻlat ar-qonga bogʻlangan toshlardan iborat. Mexanik Lot suvga choʻktiriladigan pastki uchi ochiq chuqurlik oʻlchagich turubkadan iborat; gidrostatik bosim oʻlchanadi. Exolotning ishlash tarzi asbobdan tubgacha borgan va undan kaytgan tovush signallarining oʻtish vaqtini oʻlchashga asoslangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x