DELISHES

DELISHES — kechpishar olma navi. Amerikadan keltirilgan. Amerika va Yevropa davlatlari (Fransiya, Italiya, Shveysariya, Gollandiya, Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va b.) bogʻdorchiligida yetakchi navlardan hisoblanadi. Da-raxti baland, kuchli usadi, keng shox-shabbali, shoxchalari mustahkam, novdalari sargʻimtish-koʻkish. Bal. 6,5—7 m, bargi oʻrtacha, tekis, toʻq yashil. Gullari oʻrtacha, qirmizi. Apr. ning ikkinchi yarmida gullaydi. Simerenko, Renet, Parmen kabi navlar yaxshi changlatuvchi qisoblanadi. Mevasi yirik (150—180 g), sirti silliq, sariq-tillarang, eti shirin, xushboʻy, kuvrak, asal hidi keladi. Tarkibida 16,74% quruq modda, 12,7% qand, 0,25% kta mavjud. Sovuqqa chidamli. Mevasi avg. oxiri — sent. boshlarida terib olinadi, yanvargacha saklash mumkin. Har yili hosil qiladi; koʻchati ekilgandan soʻng kuchsiz payvandtagda 3—4-yili, kuchli oʻsadiganlarida 5—6-yili hosilga ki-radi. Hosildorligi 100—120 s/ga. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli. 1950y. lar oxirida Oʻzbekistonga keltirilgan. Toshkent, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlariningtog oldi va togʻli mintaqalarida oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x