DEVON

DEVONdavlat bosh idorasi.

1) Sosoniylarpan Xusrav I Anushirvon davrida shohga hisobot beruvchi amaldorlar va ularning idorasi.

2) Arablarda xalifa Umar (ra) davri (634—644)da davlat daromadlarining turli hukmron doiralar urtasidagi taqsimoti va qushinga maosh toʻlash ruyxatlari, shuningdek, ana shu roʻyxatlar saqlanadigan joy. Umaviylar va abbosiylar davrida esa xalifalik hamda oʻrta asrlarga mansub qator boshqa islom mamlakatlarida Devon al-xiroj — soliq-moliyaviy idora. «Devon» istilohi boʻlak hukumat muassasalariga nisbatan ham qoʻllanilgan.

3) Narshaxiy keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Somoniylar davlati, asosan, unta devon yordamida idora etilgan; bular — vazir devoni (devoni vazir), moliya ishlari devoni (devoni mustavfiy), davlat hujjatlari devoni (devoni rasoil yoki devoni insho), soqchilar boshligʻi devoni (devoni sohibshurat), xat-xabarlar mutasaddisi devoni (devoni sohibbarid), saroy ish boshqaruvchisi devoni (devoni mushrif), davlat xos mulklari devoni (devoni amiyd ulmulk), muhtasib devoni, vaqflar devoni (devoni vaqf), adliya ishlari devoni (devoni qozi). Bulardan vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi bulib, davlatning maʼmuriy, siyosiy va xoʻjalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilgan, barcha Devon boshliklari vazirga itoat etgan. Saljuqiylar, xorazmshohlar va moʻgʻullar davrida ham somoniylar zamonidagi davlat. tuzilishi, asosan, saqlanib qolgan. Temuriylar davrida esa va-zir devoni — devoni oliy, moliya ishlari devoni — devoni mol, soqchilar boshligʻi devoni — devoni tavochi, davlat xos mulklari devoni — devoni amlok, adliya ishlari devoni — devoni yorgʻu deb atalgan. Qolgan Devonlar aslicha qolgan. Bu tartib shayboniylar davrida ham, asosan, saqlangan. Ashtarxoniylar va mangʻitlar hukmronlik qilgan yillarda esa davlat boshqaruvi tartiboti birmuncha murakkablashgan. Moliya ishlari — devonbegiyi kalonga, mushrifning vazifalari — koʻkaltoshta, muhtasibniki — rsshsga topshirilgan. 16—18-a. larda ham koʻpgina Devonlar davlat boshqaruvi tizimida saqlanib qolgan. Chunonchi, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarida davlat Devonlar yordamida idora etilgan. Rossiya Xiva xonligi ustidan protektoratlik hukmronligi (19-a. 2-yarmi)ni oʻrnatgach, xonlik fa-oliyatini nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Devon taʼsis etgan, uning aʼzolaridan 3 kishi chor maʼmuriyatining, 3 kishi (xon, devonbegi va mehtap) xonlikning vakili boʻlgan. Xon D. rahbari hisoblangan; Oʻzbekistan mustaqillikka erishgach (1991), davlat boshqaruvi nomlanishining tarixiy shakllari tiklana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Prezidenti ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident devoni mustaqil davlat hokimiyati idorasi emas, shu bois, u majbur etuvchi imperativ vakolatlarga ega boʻlmay, bevosita kundalik boshqaruv bilan shugʻullanmaydi. Mazkur devon Prezident samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida taʼsis qilinadi.

4) Turkiyada ulugʻ vazir, mufti va b. baʼzi amaldorlardan iborat sulton xuzuridagi majlis.

5) Moldova va Valaxiya gospodarlari huzuridagi Davlat kengashi (mazkur knyazliklar 1859-y. oʻzaro birlashgunga qadar).

6) Sharqdagi baʼzi hoz. zamon islom mamlakatlarida Devon maʼmuriy va adliya ishlari b-n shugʻullanuvchi hukumat muassasalari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x