Qo‘yliqota jome masjidi


Post Views:
225

QO‘YLIQOTA JOME MASJIDI (Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi, 4/2) – o‘rta asrlarga oid maqbara o‘rnida barpo etilgan masjid. Dastlab Ahmad Yassaviy avlodlaridan bo‘lgan, Samar­qand qozikalonining o‘g‘li Hofiz Qo‘yliqiy maqbarasi bunyod etilgan (15–16-asrlar). Rivoyatlarga ko‘ra, u to‘g‘rilik va ezgulikni targ‘ib etib, chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan, qo‘ylarni tez ko‘paytirish yo‘llarini yaxshi bilgan. Shu mintaqadagi aholi ham, asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan va Hofiz Qo‘yliqiyning bu boradagi bilimdonligi tufayli, uni avliyo darajasida ko‘rishgan. 1854 yil yo‘l qurilishi natijasida maqbara ziyon ko‘rgan va mahalliy aholi tomonidan Qo‘yliqota qabri hozirgi o‘rniga ko‘chirilgan. 1989 yilda aholi talabiga ko‘ra maqbara qayta ta’mirlanib, masjid barpo etilgan. Unda, asosan, Qo‘yliqota va Xonobod mahallalari aholisi namoz o‘qiydi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/qo-yliqota-jome-masjidi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x