KARUSEL STANOK — katta (1500 t gacha) massali va katta (30 m gacha) diametrli (diametri uzunligidan ancha katta boʻlgan) buyumlarga ishlov berish uchun moʻljallangan, tokarlik stanoklari guruhiga kiruvchi metall qirqish stanogi. Shpindellari vertikal, planshaybasi (stoli) ning gorizontal joylashganligi bilan tokarlik stankolaridan farq qiladi. Bunda ishlov beriladigan buyum aylanma, supportga oʻrnatilgan asbob esa ilgarilanma harakatlanadi. Bir ustunchali va ikki ustunchali Karusel stanoklar bor. Bir ustunchali Karusel stanok yeda vertikal va 1 yoki 2 yon supportlar bor. Karusel stanok yeda silindrik, konnussimon va shakldor yuzalar yoʻniladi, teshiklar yoʻnib kengaytiriladi, tores yuzalari yoʻniladi, revolver kallakli stanoklarda esa bulardan tashqari, parmalash, zenkerlash (teshiklarga toza ishlov berish) va razvyortkalash operatsiyalari bajariladi, maxsus moslamalar yordamida rezba qirqish, oʻyish, frezalash va silliqlash operatsiyalarini ham bajarish mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые