Yoshim 15 da. Hali ham hayz ko‘rmadim. Ikki quti gormonal dori ichib, qaytanga semirib ketdim. Shifokorlar “bachadoningiz 11 yoshli qizlarnikidek, to‘liq rivojlanmagan” deyishayapti. Organizmimdan gormonal preparat ta’sirini chiqarish uchun biror chora ko‘rish lozimmi? Hayz masalasida-chi, nima qilay?
Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:
— Hayz ko‘rishning kechikishi turli omillar bilan izohlanishi mumkin. Masalan, kamqonlik, yaxshi ovqatlanmaslik, asabiylik shuningdek nasliy bog‘liqlik kabilar tasnif etiladi. Ayni vaziyatda gormonal preparatlar yordam bermaydi. Tibbiy tekshiruv uchun endokrinolog mutaxassisiga uchrashing. Sizdagi hayz kelishning kechikishi qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar hisobidan bo‘lishi mumkin. Shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, muolaja olsangiz, hayz sikli yuzaga keladi.
Manba: Sugdiyona.uz
Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!
Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.