QASHQADARYO VODIYSI

QASHQADARYO VODIYSIQashqadaryo viloyatidagi vodiy. Zarafshon tizmasining jan. gʻarbiy tarmoqlari oraligʻida. Vodiy boʻylab shim. sharqdan jan. gʻarbga Qashqadaryo oqib oʻtadi. Vodiy Hisor tizmasining jan. gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib (eng baland joyi 4145 m) Qarshi choʻligacha 310 km ga choʻzilgan. Vodiy, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, gʻarb va jan. gʻarbga pasayib va kengayib boradi. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryoning 1—5 terrasalarini egallagan, bu terrasalar toʻrtlamchi davr prolyuvialallyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Vodiyda uncha baland boʻlmagan qoldiq togʻlar (Qoʻngʻirtov, Kosontogʻ, Maymanoqtov, Aloviddintov) bor. Q. v. janubda joylashgani uchun iqlimi quruq va issiq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi G, iyulniki 28 — 29°; eng past t-ra —25°, —29°, eng yuqori t-ra 46—47°. Yogʻin miqdori relyef balandlashgan sari ortib boradi; tekislik qismida 200 mm, togʻ yon bagʻirlarida 450—500 mm. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllariga toʻgʻri keladi. Vodiy tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq, tekislik qismida och boʻz tuproq, togʻlik va balandliklar bilan tutashgan qismida tipik boʻz tuproqdir.

Oʻsimlik qoplami xilmaxil. Ilak, rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, momiq, shuvoq, qoʻziquloq, bodom, qizilcha va boshqalar keng tarqalgan. Hayvonlar va qushlardan mayna, koʻkqargʻa, kaklik, yapaloqqush, jaira, yumronqoziq, tulki, chiyaboʻri, qobon va boshqalar uchraydi. Qashqadaryo vodiysi togʻ yon bagʻirlari chorvachilik uchun qulay yaylov, tekislik qismi dehqonchilik uchun serunum. Vodiyda tabiiy gaz, qurilish materiallari konlari, mineral suvlar va boshqalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x