Kelinchakning bokira emasligi shubha qilinsa, momolarimiz qanday yo‘l tutishgan?

Darhaqiqat, bu muammoning yechimini bobo-momolarimiz allaqachon topganlari o‘sha davr kitoblarida ham o‘z aksini topgan. “Majma’ ul-maqsud” nomli kitobda bayon etilishicha, agar kelinchakning bokira emasligi shubha qilinsa, quyidagi tadbir qo‘llanilgan. Bir odila ayol yoki ikki ayol kishi guvohligida kabutar (yoki tovuqning eng kichik) tuxumini pishirib, po‘sti artilib, yaxshilab tozalangan. Shundan so‘ng tuxumni ohista tarzda bakorat joyiga, ya’ni qin ichiga kiritishga harakat qilishgan. Agar kabutar (yoki tovuqning eng kichik) tuxumi ichkariga kirmasa, bokiralik isbotlangan.

Bu sinov uslubi erkakning jimoga qudrati yetmasdan juftiga yaqinlasha olishi borasida ixtilof chiqqan vaziyatlarda ham qo‘llanilgan. Fikri ojizimcha, “bu uslub bugun o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotgan”, deyish noto‘g‘ri. Ma’lumingizkim, qizlik pardasining eng ko‘p uchrovchi turi xalqasimon bir teshikli tusda bo‘ladi. Haqiqatdan, bu teshikdan kabutar tuxumining bemalol o‘tishi dargumon. Qolaversa, yaxshi pishirilib, po‘sti artilib, tozalangan tuxum oqi har qanday qon dog‘ini ham o‘ziga yuqtirishi va shubhalarga barham berishi bilan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu uslub ota-bobolarimizning uzoq o‘tmishlarda ham qanday ahli donish bo‘lganliklarining yana bir isbotidir. Lekin shuni unutmaslik lozimki, bu uslub ham o‘zini to‘liq oqlamaydi. Chunki, qizlik pardasi har bir ayolda turli ko‘rinishda joylashgan. Aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun, albatta, ginekologga murojaat qilish lozim.

Manba: Tib.uz


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling


0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x