KALONTAROV Emmanuel Markelovich (1932.3.6, Samarqand – 1984.5.8, Toshkent) — kino rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1979). Respublika rassomlik bilim yurti (1953), Kinematografiya inti (1959)ni tugatgan. 1959-y. dan «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida rassom. Sh. Abbosovnij «Sen yetim emassan» (1962), «Toshkent — non shahri» (1968), «Abu Rayhon Beruniy» (1974), A. Hamroyevning «Qoʻrquvsiz» (1974), «Inson qushlar ortidan boradi» (1976), L. Fayziyev va O. Meyerning «Ali bobo va qirq qaroqchi» (1978) filmlariga qogʻoz va kartonga koʻmir, akvarel, guash bilan ishlagan eskizlari film goyasini ochib berishga xizmat qilgani bilan diqqatga sazovor. «Abu Ali Ibn Sino» (1979), «Uygʻonish» va «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (1984) filmlariga ishlagan dekoratsiya eskizlari rassomning mahoratini ifodaladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые