MUNDA TILLARI

MUNDA TILLARI — avstraloosiyo tillari oilasining gʻarbiy guruhi. Hindistonning sharqiy va gʻarbiy hududida (asosan, Bihar, Gʻarbiy Bengaliya, Orissa shtatlarida) tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 9 mln. kishidan ortiq. Santali — M. t. ichida eng koʻp kishi soʻzlashadigan til (5,5 mln. dan ortiq). Munda tillari 17 ta deb taxmin kilinadi, lekin ular hanuz toʻla tasnif etilmagan. Shim. va markaziyjan. guruxlarga boʻlinadi.

Bir qator fonetik (jarangli va jarangeiz undoshlarning, nafasli va nafas ishtirokisiz undoshlarning oʻzaro qarshi qoʻyilishi, oʻziga xos burun undoshlarining mavjudligi, baʼzi undoshlarning soʻz boshida uchramasligi) va grammatik (soʻz oʻzgarishi va soʻz yasalishida prefiks va infikslarning faolligi, reduplikatsiya, oʻzaklarni qoʻshish usullari borligi, gapda boʻlaklarning alohida tartib bilan joylashishi) xususiyatlari bilan shu oiladagi boshqa guruh tillaridan ajralib turadi.

Koʻpchilik Munda tillari uchun lotin alifbosi asosidagi yozuv mavjud boʻlsada, u cheklangan qolda qoʻllanady. Bu tillar uchun devanagari yozuvi asosida qoʻshimcha belgilar qoʻshib yaratilgan alifbo ham bironbir muvaffaqiyat qozonmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x