MULTIPROGRAMMALASH

MULTIPROGRAMMALASH (multi… va programma) — turli masalalarga taalluqli bir necha dastur (programma) ni raqamli hisoblash mashinasi (RHM) da bir vaqtda bajarish usuli. Koʻp dasturli rejimda RHM xotirasida bir yoʻla bir necha masala dasturi boʻladi. Bir dastur tugashi bilan (yoki bir dasturni bajarish kechiksa) Multiprogrammalash 2das-turga oʻtishga imkon beradi. Agar RHM bir vaqtda bir necha abonentning dasturi bilan band boʻlsa, u koʻp dasturli rejimda, bir abonentning dasturi bilan band bulsa, bir dasturli rejimda ishlayotgan hisoblanadi. Multiprogrammalashdan asosiy maksad — RHM qurilmalarining boʻsh turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, ish unumdorligini oshirish. Boshkaruvchi dastur (monitor) bir dastur tugashi bilan 2dasturning bajarilishini taʼminlaydi. Multiprogrammalash apparat va dastur vositalari bilan amalga oshiriladi. Apparat vositalariga xotira muhofazasi va toʻxtatishlarni tashkil qilish kiradi. Dastur vositalari dispetcherdasturlar va programmalash tillaridan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x