MUZLIK NAZARIYASI

MUZLIK NAZARIYASI — Yer yuzasida bir necha marta juda katta maydonlarni krplagan muzliklarning rivojlanishi haqida ilmiy tasavvurlar sistemasi. Togʻlarda qad. muzliklarning hoz. ga qaraganda bir necha marta koʻp tarqalganligi haqida gʻoya Alp togʻlarini tadqiq etgan olimlar tomonidan 18-a. oxiridayoqilgari surilgan edi. Yevropa va Shim. Amerikadagi katta maydonlarda sochilib yotgan va oʻzining asli paydo boʻlgan joyidan yuzlarcha va minglab km uzoqqa olib borilgan togʻ jinslarining kelib chiqishi oʻrganildi. Yotqiziklar va valunlar togʻ oldi va teklisliklarga muzlik harakati bilan keltirilganligi maʼlum boʻldi va koʻpchilik olimlar tomonidan eʼtirof etildi. Muzlik nazariyasi, asosan, Yer tarixining oxirgi bosqichiga taallukli boʻlib, bu davrda keng maydonlar muz bilan qoplangan. Bu gʻoyaga asosan muzlik bilan qoplanish bir necha marta takrorlangan (poliglyatsializm). Pleystotsen davomida sovuq (muz krplanishi, glyatsiallar) va iliq (muzliklararo, interglyatsi-allar) davrlar almashinib, oʻrta kengliklarda muz qoplami goho erib, goho yana bosib turgan. Hoz. zamon tasavvuriga koʻra iqlimning bir necha marta almashinishi ilmiy asoslangan. Iqlimning bir necha marta kuchli sovib ketishi natijasida muz bosishining takrorlanishi Yerning geologik tarixida oxirgi davrdan tashqari ancha qad. geologik oʻtmishda qam sodir boʻlganligi aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x