PARA — Braziliyaning shim. qismidagi shtat. Mayd. 1253 ming km2. Axoliyey 6,1 mln. kishi (2000), asosan, metislar (mahalliy nomi — kaboklu). Maʼmuriy markazi — Belen sh., boshqa yirik shaxri — Santaren. Shtat sharqiy Amazoniyada joylashgan, shim. va jan. dan Gviana tizmalari va Braziliya yassitogʻligi oʻrab turadi. Iqlimi ekvatorial, nam va issiq iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 26—28°. Yillik yogʻin 1500—2500 mm. Asosiy daryolari: Amazonka va uning irmoqlari. Nam ekvatorial oʻrmonlar, shim. da savan-nalar bor.
Para — mamlakatning yirik, birok, aholisi siyrak shtatlaridan. Iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari — oʻrmonchilik va q. x. Oʻrmondan brazil yongʻogʻi, kauchuk yigʻiladi, yogʻoch tayyorlanadi. Amazonka havzasida dehqonchilik rivojlangan. Asosiy q. x. ekinlari: jut, sholi, maniok, shakarqamish, kakao, banan, ananas, paxta, tamaki. Chorvachilikda qoramol boqiladi. Sohillarda baliq ovlanadi. Sanoati oʻrmon va q. x. xom ashyolarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kon sanoati rivojlangan. Temir va marganes rudalari, oltin, olmos, togʻ xrustali, boksit konlari topilgan.