PANTURKIZM (pan… va turk) – turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasiga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuningdek, SSSR tomonidan berilgan rasmiy nom.
Bu harakat ildizlari ancha chuqur boʻlsa ham, biroq u 19-a. oxirlari — 20a. boshlarida Usmonli turk sultonligi va chor Rossiyasining turkiy xalqlar yashaydigan hududlarida keng tapkalgan. Yosh turklarncht partiyasi «Ittihod va taraqqiy» bu qarashni oʻz gʻoyasi sifatida qabul qilgan. Keyinchalik Turkistondagi jadidchilik hara-katining namoyandalari, Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar ham uni oʻz dasturiy qarashlari sifatida eʼtirof qilishgan. Turkistonda podsho Rossiyasining zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻolonlari, turli norozilik chiqishlarini mustamlakachi maʼmurlar Panturkizm va panislomizm oqimlari taʼsirida uyushtirilgan, deb daʼvo qilishgan. Birinchi jahon urushi davrida Usmonli turk sultonligining Germaniya tomonida turib urushga kirishi Rossiyaning rasmiy doiralarida bu harakatga qarshi kompaniya kuchayishiga olib kelgan. Chorizm maʼmurlari Turkiston va Kavkazdagi milliy ozodlik harakatlarining ishtirokchilariga Panturkizm tamgʻasini bosishgan. Xususan, Rossiyada Oktyabr toʻntarishidan soʻng sovet rejimi va kommunistik mafkura bu qarashni bu-tunlay soxtalashtirgan. Rossiya kommu-nistlarining yetakchilari oʻz nutklarida turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasini «panturkizm» qabilida notoʻgʻri talqin qilib, bolsheviklarni unga qarshi barcha vositalar bilan kurash olib borishga toʻxtovsiz chaqirib turgan.