MODEL

MODEL (lot. modulus — oʻlchov, meʼyor) — 1) mashinasozlikda — koʻplab ishlab chiqarish uchun etalon (standart) sifatida ishlatiladigan namuna (mas, avtomobil, kiyim va b. modeli); biror mahsulot, konstruksi-yaning turi, markasi;

2) sanʼatda — a) buyum (mas, haykal) ning loy, mum, gips, yogʻoch va b. materialdan tay-yorlangan namunasi; keyinchalik undan qolip yoki andoza olib, boshqa chidamli material (bronza, granit, marmar, metall va b.) dan asl nusxa (monument, haykal) ishlanadi; b) rassom rasmini chizayotganda maʼlum vaziyatda turadigan kishi (naturachi) va, umuman, tasvirlanadigan obyekt;

3) qurilishda — bino, inshoot, mexanizm va b. ning ilmiy, amaliy maqsadlarda qoʻllaniladigan kichik (baʼzan, katta) masshtabdagi nusxasi, maketi; 4) matematika va mantiqda — muay-yan aksiomalar sistemasining Model li obyektlari boʻlib, xossalari va ular oʻrtasidagi munosabatlar muayyan aksiomalarni qanoatlantiradi;

5) til-shunoslikda — biror (morfologik, grammatik va b.) sistema etaloni (namunasi)ni bildiruvchi mavhum tushuncha; til sistemasi yoki uning biror tarmogʻi taʼrifining umumiy sxemasi. Keng maʼnoda Model — biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasi. Mas, Yerning modeli — globus, osmon va undagi yul-duzlar modeli — planetariy.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x