MISSISIPI (mahalliy indeyslar tilida — katta dare) — AQSHdagi dare, dunyodagi eng katta daryolardan biri. Uz. 3950 km (Missuri daryosining boshidan hisoblaganda 6420 km), havzasining mayd. 3268 ming km2. Minnesota shtatining shim. qismidagi koʻldan boshlanadi, Markaziy tekisliklar va Meksika boʻyi pasttekisligini shim. dan janubga kesib oʻtib, delta hosil qilib (32 ming km2) Meksika qoʻltigʻiga quyiladi. Eng yirik irmoklari: oʻngdan — Minnesota, De-Moyn, Missuri, Arkanzas, Redriver, chapdan — Viskonsin, Illinoys, Ogayo. Vodiysining morfologik tuzilishi va suv rejimiga kura, Missisipi 3 qismga boʻlinadi.
Yuqori qismi dastlab kichikroq koʻllar orqali oʻtadi, ostonalar bor. Minneapolis sh. dan boshlab, daryo oʻzani shlyuzlangan, Missuri daryosi quyilish joy-igacha bir necha oʻnlab toʻgʻon qurilgan. Oʻrta qismida daryo, asosan, bir oʻzanda oqadi; vodiysining kengligi 10 — 15 km. Missuri irmogʻi qoʻshilgach, uning loyqa suvi Missisipining tiniq suvi bilan 150—180 km gacha yonma-yon oqadi. Quyi qismi keng tekislikdan oʻtadi, vodiysining kengligi 25 km dan 70 — 100 km gacha. Qirgʻoqlariga toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Missisipi dengizga yiliga 350 mln. t dan ortiq oqiziq keltiradi. Daryoning quyi qismida suv koʻpayganda suvining bir qismi Pon-shartren koʻliga va Missisipidan 15—40 km gʻarbda oquvchi Atchafalaya daryosiga oqadi. Daryo qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahor va yoz oylarida Missisipining oʻrta va quyi qismida kuchli toshqinlar boʻladi. Yuqori qismi qishda muzlaydi. Daryoning yillik oʻrtacha suv sarfi 19 ming m3/sek (eng yuqorisi 50 — 80 ming m3/sek). Daryo suvining sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanishini kamaytirish choralari koʻrilmoqda. Missisipining transport ahamiyati katta: kema qatnaydigan daryo va kanallar orqali Buyuk koʻllar va chu-qur suv yoʻli qisoblangan Sanlavrentiy daryosi orqali Atlantika okeani bilan bogʻlangan.
Minneapolis sh. gacha (3000 km) daryo kemalari, Baton-Ruj sh. gacha okean kemalari qatnaydi. Missisipi daryo sistemasidagi barcha kema qatnovi yoʻllari uz. 25 ming km dan ortiq. Gidroenergiya resursiga boy (27,5 GVt). Eng axamiyatli GES Kiokak sh. yaqinida qurilgan. Missisipi sohilida Minneapolis, Davenport, Sent-Luis, Memfis, Baton-Ruj, Yangi Orlean sh. lari joylashgan.